Huawei 1
Andijonda reklama bannerini o‘rnatayotgan erkakni tok urdi

30 sentyabr kuni Andijon viloyatida reklama bannerini o‘rnatayotgan erkakni tok urdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Shahrixon tumani “Taraqqiyot” MFYdan o‘tuvchi “Janubiy” podstansiyasidan chiquvchi “Shodlik” elektr uzatish tarmog‘ining 10 kV havo tarmog‘i yonida joylashgan reklama bannerida hech qanday ogohlantirishlarsiz fuqaro tomonidan banner yopishtiralayotgan vaqtda fuqaro favqulotda tokka tushgan. 

“Shundan so‘ng Andijon viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan fuqaro qutqarib olindi va Markaziy shifoxonaga yuborildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, ayni vaqtda ushbu fuqaroning holati yaxshi, u shifokor nazoratida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты