Huawei 1
Isroil 183 falastinlikni ozod qildi

1 fevral kuni Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahbuslardan 18 nafari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan, 100 dan ortig‘i G‘azo sektoridan bo‘lgan va 2023 yil 7 oktyabrdan keyin hibsga olingan va sudsiz ushlab turilganlar sanaladi.

Ma’lum qilinishicha, ozod qilingan falastinliklarning bir qismi G‘arbiy Sohilga, bir qismi esa G‘azo sektoriga olib ketilgan.

G‘arbiy Sohilga jo‘natilgan mahbuslar Ramalloh yaqinidagi Ofer qamoqxonasidan ozod qilingan. Boshqa mahkumlar esa Isroil janubidagi Ksiot qamoqxonasidan ozod qilingan va Misr chegarasi yaqinidagi Kerem Shalom o‘tish joyiga keltirilgan.

Ozod qilingan falastinliklarning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri G‘azo yordam xodimi Muhammad al-Halabiy bo‘lib, u huquq tashkilotlarining tanqidiga uchragan yuqori darajadagi ishda HAMAS guruhini moliyalashtirgani uchun 12 yilga qamalgan.

Ma’lumot uchun, Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20123 | Инструменты