Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida yuz bergan yong‘inda 7 kishining hayoti qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 1 fevral kuni soat 06:59 da Farg‘ona shahar “Navoiy” MFY S.Temur ko‘chasi 39v- uyning xonadonlaridan biri yonayotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan. Yong‘inga 3 ta yong‘in qutqaruv ekipaji soat 07:02 da yetib borib, soat 07:03 da alangani o‘rab olgan va 07:05 da olov batamom o‘chirilgan.
Bildirilishicha, sodir bo‘lgan yong‘inda yuqori qavatlardagi qo‘shni xonadonlarda nafas olishga yaroqsiz hududda qolib ketgan 7 nafar fuqaro yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz hududga olib chiqilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20123 | Инструменты