Huawei 1
HAMAS garovdagi 3 isroillikni ozod qildi

1 fevral kuni Falastinning HAMAS harakati uch isroillik garovga olingan fuqaroni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi. 

“Qizil Xochdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar garovga olingan isroilliklar tashkilotga topshirilgan”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, ayirboshlash turli xil joyda amalga oshiriladi. Ozod qilinganlar 35 yoshli Isroil fuqarosi Yarden Bibas, Fransiya va Isroil fuqarosi Ofer Kalderon hamda Amerika-Isroil fuqaroligiga ega 65 yoshli Kit Sigeldir. 

Shuningdek, Isroil ham bugun, 1 fevral kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, to‘qqiz nafar umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarni ozod qilishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20123 | Инструменты