G‘azo sektorida qutqaruvchilar bir kunda vayronalar ostidan 24 nafar halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqib, tibbiyot muassasalariga yetkazdi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalariga jami 27 nafar halok bo‘lgan fuqaro olib kelingan. Ulardan 24 nafari vayronalar ostidan topilgan, shuningdek, 8 nafar jarohatlangan kishi ham yetkazilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azo sektorida 47 487 kishi halok bo‘lgan, yana 111 588 kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20200 | Инструменты