Huawei 1
Komil Allamjonov faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qildi

Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda u 30 sentyabr kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashuvda ma’lum qidi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga fidokorona xizmati va professionalizmi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

“Bugun siz bilan uchrashishimizning sababi, Prezident Administratsiyasi Axborot departamenti rahbari sifatida faoliyatingizni yakunlashingizdir. O‘tgan 2 yil davomida prezident bergan barcha topshiriqlarga masʼuliyat bilan yondashib, davlat va jamiyat uchun muhim bo‘lgan katta loyihalarni amalga oshirdingiz. Matbuot va taʼlim tizimini takomillashtirishda o‘z hissangizni qo‘shdingiz va katta natijalar ko‘rsatdingiz. Buning uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ishonamizki siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi. Sizga fidokorona xizmatingiz va professionalizmingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusidagi har qanday yangi faoliyatingizda ham omad sizga yor bo‘lsin. Katta rahmat sizga!”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Komil Allamjonov Saida Mirziyoyevaga cheksiz minnatdorchilik bildirdi. 

“Mamlakatimiz manfaati yo‘lida, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xizmat qilish imkoniyati va bildirilgan ishonch uchun chin yurakdan minnatdorman. Men davlatimiz rahbari belgilab bergan maqsadlar va g‘oyalarga chin yurakdan sodiqligimni yana bir bor taʼkidlab o‘tmoqchiman. Siz bilan birga ishlab katta natijalarga erishganimizdan faxrlanaman. 

Men xususiy sektorda faoliyatimni davom ettirib, iqtisodiyotning muhim sohalariga yangi texnologiyalar, investitsiyalar jalb qilishni rejalashtirmoqdaman. Bu orqali yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shish niyatim bor. Yana bir bor sizga katta rahmat!”, deydi Komil Allamjonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты