Huawei 1
O‘zbekiston turizm brendining Yaponiyadagi elchisi Keysuke Minami yangi sayyohlik loyihalarini yo‘lga qo‘ydi

Tokio shahrida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev va O‘zbekiston turizm brendining Yaponiyadagi elchisi, taniqli aktyor va teleboshlovchi Keysuke Minami o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turizm brendi elchisi Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Yaponiyaning yetakchi telekanali “Asahi TV”da K. Minami tayyorlagan va boshlovchilik qilgan O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmlar turkumi yapon tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv davomida K. Minamining yangi loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekistonni targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, press-turlarni tashkil etish va Yaponiya televidenizyasi uchun mamlakatimizda teledasturlarni suratga olish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100104 | Инструменты