Huawei 1
O'zbekistonda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon sanalari ma'lum qilindi

O'zbekistonda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.  

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:

-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:

-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:

— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
— Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21521 | Инструменты