Huawei 1
Qoyatoshlar orasida yurib ketayotgan qor qoploni "Hisor" davlat qo‘riqxonasida kamera obyektiviga muhrlandi

Qoyatoshlar orasida yurib borayotgan qor qoplonini bir qarashda payqash qiyin. Chunki uning rangi, tashqi ko‘rinishi  tabiiy muhitga shu darajada moslashgan bo‘lib, bu ham nazarimizda, ona tabiatning tuhfasi.

Zero, yaqqol ko‘zga tashlanmaslik ham qor qoploniday noyob jonivorlarning tabiiy muhitda saqlanib qolishida muhim bir omildir.

Mutaxassislarning fikricha, mana shunday jihatlari, qolaversa, o‘ta sezuvchanligi tufayli qor qoplonini tasvirga yoki suratga olish mushkul hisoblanadi.

Ushbu rasmlarni esa Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi "Hisor" davlat qo‘riqxonasi  qo‘riqlash xodimlari tomonida o‘rnatilgan fotoqopqon tasvirga olgan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Eslatib o'tamiz, bundan oldin ushbu fotoqopqonga qor qoploniTurkiston silovsiniTyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va Sibir tog‘ echkisi  muhrlanganligi haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31612 | Инструменты