Ijtimoiy tarmoqlarda "Jizzax viloyatida 30 ga yaqin daraxtlar kesib tashlandi" sarlavhasi bilan rasmlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy ma'lumot berdi.
Yozilishicha, joriy yilning 25-oktyabr kunidan 26-oktyabr kuniga o‘tar kechasi O‘rmon xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan ushbu hududda noma’lum shaxslar 26 tup qayrag‘och va o‘rik daraxtlarini kesib tashlagan.
"Holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, Gʻallaorol tumani Ichki ishlar bo‘limiga taqdim etildi. Hozirda daraxt kesganlarning shaxsini aniqlash va holatga qonuniy baho berish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, 20-oktyabrdan respublikada 40 kunlik "Yashil makon" umummilliy loyihasi boshlangan. Avvalroq xabar berganmiz:
9 oyda fuqarolarga 52 mingdan ortiq daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan
Jizzax shahridagi "O‘rda" bog‘ida mas'ul xodim daraxtlarni noqununiy kesib tashladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 61606 | Инструменты