Huawei 1
Buyuk Britaniyadagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi Tata Steel o‘z faoliyatini to‘xtatadi

Buyuk Britaniyaning eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Tata Steel Uelsdagi zavodida so‘nggi domna pechini o‘chirib, bir asrdan ko‘proq davom etgan ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb xabar beradi Sky News.

"Buyuk Britaniyadagi yirik po‘lat eritish zavodi bugun 100 yildan ortiq vaqt davom etib kelgan faoliyatidan keyin ishini to‘xtatdi, bu Janubiy Uelsdagi minglab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keladi", — deyiladi xabarda.

Domna pechlaridan foydalanishni to‘xtatish borasidagi qaror atrof-muhitga chiqariladigan uglerod gazlarini qisqartirish va «ekologik toza» ishlab chiqarishga o‘tish munosabati bilan qabul qilingan.

Oxirgi domna pechi 30 sentabr kuni soat 17:00 da faoliyatini to‘xtatadi, shunda korxonada oxirgi po‘lat ishlab chiqariladi. Tata Steel nisbatan ekologik toza elektr yoy pechlariga o‘tgunga qadar Port-Tolbot shahridagi ishlab chiqarish bir necha yilga to‘xtatiladi. Yangi uskunalar 2028 yilda foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, zavod o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatmaydi — korxonada boshqa davlatlardan import qilinadigan po‘lat plitalarni chig‘irlash davom ettiriladi.

«Yashil» ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish Tata Steel uchun 1,25 milliard funt sterlingga tushadi, uning 500 millioni Britaniya hukumati tomonidan ajratilmoqda. Ishlab chiqarish to‘xtatilishi sabab 3 mingga yaqin xodim ishsiz qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты