Huawei 1
KXDR oq to‘y liboslari va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar uchun qatl qilish jazosini joriy etishi mumkin

Shimoliy Koreya hukumati o‘lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi.

“Endilikda oq rangdagi to‘y liboslari, ko‘k jinsi shimlar kiyganlik yoki quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqqanlik uchun qattiq jazo qo‘llaniladi”, deya Yonhap xabar bergan.

Nashrga ko‘ra, yangilangan kodekslar doirasida o‘lim jazosi nazarda tutilgan yangi jinoyatlar, jumladan, davlatga qarshi tashviqot, shuningdek, qurolni noqonuniy ishlab chiqarish va undan foydalanish kabilar ham qo‘shilgan.

Avgust oyi oxirida KXDR hukumati mamlakat shimoli-g‘arbidagi suv toshqinlari sababli 20 dan ortiq amaldorni qatl qilgan edi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, qatllarga amaldorlarning tabiiy ofat yetkazgan zararning oldini ololmagani sabab bo‘lgan. Chagang provinsiyasida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli 4000 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Davlat ommaviy axborot vositalari kuchli yomg‘irlar 4100 ta uyni, 7410 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, ko‘plab administratsiya binolari hamda inshootlarni vayron qilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, shimoli-g‘arbdagi Siniyju shahri va unga qo‘shni Uyju shahridagi yo‘llar yuvilib, temiryo‘llar suv ostida qolgan.

Shundan so‘ng Kim Chen In tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha o‘z vazifalarini e’tiborsiz qoldirgan amaldorlarni “qattiq jazolash”ni talab qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты