“Jamoamizda oʻyin saviyasi juda past boʻlgan oʻyinchilar bor”, — Joze Mourinyo
Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Torino”ga qarshi uchrashuvdan keyin (1:1) navbatdagi marta jamoa oʻyinchilarini tanqid qildi.
“Chetlatilishim borasida eʼtirozim yoʻq, chunki hakamlar shaʼniga yomon soʻzlarni gapirdim. Oʻyindan keyin buning uchun uzr soʻradim.
Dibala maydonga tushganda jamoa umuman boshqacha oʻynaydi. Usiz bizga juda ham qiyin boʻlmoqda. Chunki jamoamizda oʻyin saviyasi juda past boʻlgan oʻyinchilar bor. Kimdir oʻziga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻlishi kerak”, — deydi Mourinyo.
Eslatib oʻtamiz, “Torino”ga qarshi kechgan dramatik kechgan uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida jarohatidan tuzalib safga qaytgan Dibala penalti ishladi, ammo zarbaga yaqinlashgan Belotti sobiq jamoasi darvozasini nishonga ola bilmadi. 90+4-daqiqada esa Matich jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.
Mavzuga doir:
“Gol ura olmagani uchun Shomurodovni tanqid qila olmayman”, — Joze Mourinyo
️Eldor Shomurodov qishda “Roma”ni tark etib, mavsum oxirigacha boshqa jamoada ijarada o'ynaydi
Eldor Shomurodov qishda “Roma”dan ketmoqchi. Uning qaysi klubga o‘tishi ham ma’lum
Alpha version: 0.9.1.19 build 111415 | Инструменты