Huawei 1
Messi kuzatgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston U-20 Argentina U-20ga mag‘lub bo‘ldi

Argentina terma jamoalar markazida ikki mamlakat yoshlar (U 20) terma jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Maskerano shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollarga 17-daqiqada Mariano va 50-daqiqada Franko mualliflik qilishdi.

FIFA kunlari bo‘lgani bois Buenos-Ayresda Argentina milliy terma jamoasi lagerida bo‘lib turgan Lionel Messi ushbu o‘yinni bevosita maydon chetidan kuzatib bordi.

O‘yindan keyin u terma jamoamiz futbolchilari bilan esdalik uchun suratga ham tushdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты