Huawei 1
O‘zbekiston-BAA o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar sotib bo‘lindi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralashining 3-bosqich 4-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-BAA o‘yini uchun chiptalar sotib bo‘lindi. Bu haqda chiptalar sotuvi bilan shug‘ullanuvchi platforma o‘z saytida xabar berdi.

O‘yin uchun chiqarilgan 40 mingdan 500 ming so‘mgacha narxlangan chiptalar platformaga chiqarilishi bilan bir necha soat ichida muxlislar tomonidan sotib olingan. Bundan avvali O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini uchun chiptalar ham qisqa vaqt ichida sotilgandi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston-Eron o‘yinini bevosita “Bunyodkor” stadionida 33 ming 829 nafar muxlis tomosha qilgandi. Stadion sig‘imi esa 34 mingtani tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-BAA o‘yini 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:00 da start oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты