Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi O'zbekistonga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi.
Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi.
Shartnomaga ko'ra, "Toshkent — Urganch — Xiva" yangi yo‘nalishi bo‘yicha elektropoyezdlar yetkazib beriladi.
Yaqin vaqt ichida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjar Bolotov ma'lum qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq Humoning ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni tashkillashtirish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb etish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.
Shavkat Mirziyoyev hamda Yun Sok Yol alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishni tasdiqladilar. Shuningdek, mintaqaviy, jumladan, "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
U 2019-yildan beri O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini olib borayotgan edi. O‘zbekiston TIV rahbari Indoneziya elchisi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Qoraqalpog‘istonda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda ayblanmoqda. U fuqarodan iPhone 15 Pro Max talab qilgan.
Muzokaralar chog‘ida kelgusi 3 yil uchun O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari buni “Ikki mamlakatning yuqori texnologiyali va innovatsion hamkorligining yangi davri” deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bundan tashqari, kelgusi yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilish va o‘zaro madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklif qilindi. 2027-yilda O‘zbekistonda koreys diasporasi istiqomat qilayotganining 90 yilligi keng nishonlanadi.
Davlat rahbarlari alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.
16-17-18-iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumanining Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobil harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdi.
Ajratilgan mablag‘lar respublikani yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish, issiqxona gazlarini chiqarilishini monitoring qilish tizimini tashkil qilish kabi bir qancha sohalarga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tahlillarga ko‘ra narkojinoyat sodir etgan yoshlarning soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Xususan, 2021-yilda bunday jinoyatlar sodir qilganlarning 23 foizni yoshlar tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda 24,6 foizga, 2023-yilda esa 31,2 foizga yetgan.
2025-yilda Buyuk Britaniya hukumati tashqi ishchi kuchining umumiy sonini 40 ming kishiga yetkazmoqchi, ularning maʼlum qismi Markaziy Osiyodan jalb qilinadi.
“Bolam nafas ololmay yotibdi, ular menga pul taklif qilishyapti” – ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘lini 5 nafar yigit kaltaklagani bo‘yicha murojaat qilib chiqqan onaning videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB munosabat bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51816 | Инструменты