Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O'zbekiston hududiga olib kirish qo'shilgan qiymat solig'idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.
Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi 19%ga kamayib, 88,3 mingta avtomobilni tashkil etdi. Aksincha, elektromobillar bozori aprel oyida yuqori savdo ko‘rsatkichlarini namoyish qildi. Aprel oyida yengil elektromobillar sotuvi 2,9 mingtani tashkil etdi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 23,2%ga ko‘proq.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida yashovchi opa-singil otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganini aytgan edi.
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi. Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 29 nafarini vazifasidan ozod etish bo‘yicha Respublika rahbariyatiga taqdimnoma kiritiladigan bo‘ldi. 41 nafar masʼullarga navbatdagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 27 nafarining faoliyati qoniqarsiz deb topilib, keyingi chorak yakunlari bo‘yicha ijobiy o‘zgarish qilmagan taqdirda, ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimining faol aʼzosi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
16-22-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tojikiston may oyi oxirigacha Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma'lum qildi.
Xabar berilishicha, ayiq aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug'dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты