Prezident Shavkat Mirziyoyev akademik Naim Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
"Atoqli olim, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Naim Karimovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi" - deyiladi hamdardlik maktubida.
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistonning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi
Jumladan, davlat rahbari Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika—Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Air Products kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi.
Prezident qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi tasdiqlandi
Qayd etilishicha, kelgusi yildan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik band yuqori stavkada ajratiladi. Hozirda yillik 14 foiz stavkada ajratilmoqda.
Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta obyektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.
Saudiya Arabistonida o'tkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida sportchilarimiz 7 ta medalni qo'lga kiritdi
Chempionat davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga kuyov bo‘lmoqda
Ozodbek Nazarbekov qizi Zinnurani xonanda Yorqinxo‘ja Umarovga turmushga bermoqda. To'y sanasi ham ma'lum qilindi.
Iroda To‘laganova Yashnoboddagi tennis majmuasi buzilishiga qarshi videomurojaat bilan chiqdi
Ayni chog‘da "Aviasozlar" tennis stadioni kelajagi so‘roq ostida turibdi. Agar millat salomatligini mustahkamlashga befarq bo‘lmasangiz, men sizlarni nafaqat mavjud tennis kortlarini asrashga, balki yangi sport majmualarini qurishga chaqiraman", — deydi sobiq tennischi.
Tilla qo'shilgan taom yeyish Islom dinida halol emas — Fatvo markazi
Hozirda oltinni osh, kabob yoki pissaga qo‘shib tayyorlash urf bo‘lmoqda. Musulmonlar idorasi Fatvo markazi ushbu holat yuzasidan fatvo berdi.
Sherzod Sharipov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
U bunga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Toshkent shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonda paxta qulligi tugadi, terim endi “jazo” emas — Corriere della Sera
Italiyaning Corriere della Sera nashri O‘zbekistonda paxta terimi boshlanayotgani haqida yozib, dalada majburiy mehnatga barham berilganini e’tirof etdi.
O'zbekiston hududlarida ilk bor chuqur joylashgan bosh miya o‘smalarini mikroskop orqali olib tashlash yo‘lga qo‘yildi
2023-yil amaliyotga 3 turdagi, viloyat darajasida 11 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari tatbiq qilindi.
Samarqand shahrida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo‘lib o‘tdi
Bellashuvlar Samarqand turizm markazidagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida start oldi.
Buxorodagi madaniy meros obyektlarida himoya belgilari 3 xil tilda o‘rnatildi
Saytlardagi eski uslubdagi xavfsizlik belgilari faqat bir tilda maʼlumot bergan boʻlsa, hozirda oʻrnatilgan xavfsizlik belgilari xalqaro standartlar asosida sayt haqida uch xil tilda (oʻzbek, rus va ingliz) maʼlumotlarni taqdim etadi.
Qishloq xo'jaligi vazirligi un narxi nima sababdan ko'tarilayotganiga izoh berdi
Buning sabablaridan biri, Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
O‘zbekiston arxivlarida 16,1 million hujjat borligi ma'lum bo'ldi
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlarda nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning ko‘p yillik tarixiga oid hujjatlar mavjud.
"UzAuto Motors" Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun yangi shartnomalar berishni boshlamoqda
Bugun, 18-sentabr UzAuto Motors rasmiy saytida ko’rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilmoqda.
O'zbekistonda rektorlar tashkilot kengashi tomonidan saylanishi mumkin
Qayd etilishicha, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Farg'onada ichki ishlar xodimlari bolali ayolni tepib, mashinaga o'tqazdi
Holat yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G'iyosov izoh berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92800 | Инструменты