Huawei 1
19-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov "Xiva gilamlari" kombinatida bo‘ldi

Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumini, shuningdek, kombinat hududida tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdilar.

Mashina yoki ko‘chmas mulkda taqiq bor-yo‘qligini tekshirish tizimi ishga tushirildi

Qonunchilikka ko‘ra, sud yoki boshqa organlar qarorlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilinishi yoxud avtotransport va ko‘chmas mulklarga taqiqlar qo‘yilishi mumkin.

2024/2025-oʻquv yili magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi

Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi magistraturasi mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi

“Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi

Muhandislik, qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Toshkent shahrida noqonuniy tashqi reklama konstruksiyalari majburiy demontaj qilinadi

Demontaj ishlari hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar ro‘yxati kengaytiriladi

Oila va xotin-qizlar sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.

"Baxti Tashkentskiy" 20 yilga qamaldi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Toshkentda gastronomik ko‘chalar soni yana bittaga ortadi

Toshkent markazidagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuziladi

Qarorga ko’ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Me’morlar uyushmasining O‘zbekiston arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi.

O'zbekistondagi tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 501 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar TOP-3 taligi e’lon qilindi.

Toshkentda “G‘alabaning 40 yilligi” avtobus bekati qulab tushdi

Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты