Huawei 1
20-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent hayvonot bog‘i vasiylik dasturini ishga tushirdi

Endi fuqarolar hayvonot bog'idagi istalgan jonivorlarni o'z vasiyligiga rasmiylashtirishi mumkin.

O'zbekistonda yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi

“Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, yo'llar bo'yida joylashgan maktablar oldida, kamida to'rt tasmali yo'llardagi piyodalar o'tish joylarida foto-video radarlar o'rnatiladi.

IIV tizimidagi tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 15 foizga oshiriladi

“Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoniga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshlari oshiriladi.

Meksika orqali AQSHga noqonuniy kirishga uringan O‘zbekiston fuqarolari hibsda saqlanadi

AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan shaxslar 5 yilga qadar ushbu mamlakatga kiritilmaydi, buning oʻrniga ular bilan bog’liq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi.

O'zbekistonda sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi sezilarli darajada oshgan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2018-2022 yillarda sitrus mevalar (kivi, mandarin, apelsin), keshyu yong‘og‘i va xurmo importinitahlil qildi.

Reper Konsta va "Sahar" guruhi O'zbekistondagi YTHlarga bag‘ishlangan qo‘shiq va klipni taqdim etdi

“Yashagim kelar” qo‘shig‘i va unga ishlangan klip O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan YTHlar va unda jabrlanganlargabag‘ishlangan.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga Italiya poyezdi qatnaydi

Italiya kompaniyasi 2026-yildan boshlab O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanadigan hashamatli “Luxury Train Cruising” poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ro‘yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan.

“Bu mening xatom, ming marta uzr so‘rayman” — Andijon hokimi o‘rinbosari aholidan noqonuniy uy-joy qurilishiga ruxsat bergani uchun uzr so‘radi

Andijon shahridagi 3-kichik daha 1-uyda yashovchi fuqarolar bolalar maydonchasiga mo‘ljallangan yerda noma’lum tadbirkor tomonidan 7 qavatli uy qurilayotgani haqida Andijon viloyati hokimligiga murojaat qilgan.

Germaniya banki O'zbekistonga o'quv markazlari moderinizatsiyasi uchun 16 million yevro grant ajratdi

Shundan 14 million yevro Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 7 ta o‘quv markazlarini moddiy-texnikaviy va metodologik jihatdan modernizatsiya qilish uchun, qolgan 2 million yevro esa loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Xorazmda ona 3 nafar bolasiga nisbatan shavqatsizlarcha munosabatda bo‘ldi

Ona bolalariga ularni yoqib yuborish bilan bevosita tahdid qilgan. Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining nazoratiga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты