Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Prezident dunyodagi vaziyat tobora murakkab va tahlikali tus olayotgan hozirgi kunda Navro‘z Yer yuzida turli xalqlar va millatlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashdek ezgu maqsadga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Qashqadaryoda Germaniya kasb-hunar maktabi ochiladi
Maktabda nemis tili va kasb-hunar, mashinasozlik, xizmat koʻrsatish va qurilish sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi.
Oʻzbekiston 2 oyda 151 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,5 %), Rossiya (17,8 %), Qozogʻiston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.
Qoraqalpogʻistondagi koloniyada 47 nafar mahkumning jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji borligi aniqlandi
Tibbiy koʻrik jarayonida 47 nafar mahkum va mahkumaga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qoʻyilib, statsionar davo muolajalari buyurildi.
Oʻzbekistonda eng qimmat mobil raqam 1 milliard soʻmga sotildi
Oʻzbekistonda 8 ta noldan iborat telefon raqami 1 milliard soʻmga sotildi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 3 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishib oldi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari bilan uchrashdi.
Toshkentda 170-180 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchilar jarimaga tortildi
Sergeli tumanida 170−180 km/soat tezlikda harakatlangan Tahoe va BYD Song Plus haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, ular bilan "profilaktik suhbat" o‘tkazilgan.
Davlat xizmatlari koʻrsatiladigan elektron bazalar faoliyati cheklanadi
21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari vaqtincha cheklanadi.
Saida Mirziyoyeva Qatar elchisi bilan uchrashdi
“Kun tartibidagi keng qamrovli masalalarni muhokama qildik. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish yuzasidan fikr almashdik", - deya qayd etgan Prezident yordamchisi.
Sport sohasidagi korrupsiya uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qonun sport sohasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, barcha uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, qolaversa O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
O'zbekistonda moped va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etiladi
Dvigateli ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, elektrodvigateli quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transportlar (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.
Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 10 mlrd AQSH dollariga yetdi
2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSH dollaridan oshgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122422 | Инструменты