Huawei 1
6-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbek sportida tarixiy voqea! Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Gaz ishlab chiqarish pasaydi va soliqlar tushumi kamaydi

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi yarim yillikda 5,2 mlrd metr kub gaz import qilgan. Shuning hisobiga 1,3 trln so‘m aksiz solig‘i olinmagan. Chunki tabiiy gaz importiga 0 foizlik stavka qo‘llaniladi.

“Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi ko‘magida Hamdo‘stlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazildi.

"Namangan suv taʼminoti" davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.

Turkiyaga chiqib ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi

Yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022-yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan fuqaro qidirilmoqda.

Safiya Burxanova delegatsiyamiz hisobiga oltinchi kumush medalni keltirdi

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.

Toshkentda “Seftriakson” olgan ayol shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar tarqaldi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Tolibboy Yo‘ldashev – Paralimpiya o‘yinlari chempioni!

Para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Temur Giyazov – Paralimpiya o‘yinlarining bronza medal sohibi!

Para yengil atletikachi Temur Giyazov 2.03 metr natija qayd etgan holda bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Buxoroda yangi aeroport qurish loyihasiga $226 mln sarflanadi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Buxoro viloyatida yangi aeroport qurish loyihasi narxini tushuntirdi.

Lufthansa O‘zbekistonga aviaqatnovlarini tiklashi mumkin

Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Manfred Xuterer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada fuqaro o‘z xonadonida 100ga yaqin daydi itni saqlab kelgani ma'lum bo'ldi

Ularga bir kunda 25 kilogrammgacha go‘sht va boshqa turdagi yeguliklar berib borilmoqda.

O‘zbekiston dunyoda uzum eksport qiluvchi eng yirik davlatlar reytingidan chiqib ketdi

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, 2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda uzum eksport qiluvchi eng yirik davlatlar qatoridan chiqib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91614 | Инструменты