Huawei 1
9-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

2025-yilda budjetdan gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalash uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda

2025-yilda O‘zbekiston davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda.

Fuqarolarning mol-mulk solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilmoqda

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda.

Aholining valyuta sotib olishi va sotishi o‘rtasidagi ijobiy farq 4,8 mlrd dollarga yetdi — Markaziy bank

Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi.

MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Ayubxon Alimov Andijon viloyati, Otabek Salmonov esa Farg‘ona viloyati MIB boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Shuningdek, jami 8 ta bank, to‘lov tashkiloti va tizimlari chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Xitoy O‘zbekistonda mehnat migrantlari malakasini oshirish markazlarini ochadi

O‘zbekistonlik talabalarni Nankin politexnika institutida fundamental kasblar bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashgan mutaxassislar etib tayyorlash imkoni ham o‘rganilmoqda.

Xalqaro mehnat tashkilotining haq to'lanadigan ta'tillar to'g'risidagi konvensiya ratifikasiya qilindi

Shu kunga qadar ushbu Konvensiya 38 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

“El-yurt salomatligi — jamiyatning  bebaho boyligidir” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi

“Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi” deyiladi prezident tabrigida.

DXX: Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida Tojikistondan keltirilgan narkotik moddalar musodara qilindi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Samarqandda kichik yoshli bolakay shifoxonada vafot etdi

Aniqlanishicha, ular uy sharoitida tayyorlangan kanservadan zaharlangan. Shifokorlar ularga ovqatdan zaharlanish yaʼni botulizm tashxisini qo‘ygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111304 | Инструменты