Huawei 1
Ukraina mudofaa sektorida eng xavfli pallada ixtilof yuzaga keldi – WP

Rossiya bilan urushning eng xavfli nuqtasida Ukraina mudofaa sektori jiddiy beqarorlikka uchradi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.

“Ukraina mudofaa sohasidagi mojaro mamlakat uchun noqulay bir paytga to‘g‘ri kelmoqda, ayniqsa, Prezident Donald Tramp davrida AQSHning harbiy yordami noaniq bo‘lib turgan bir vaqtda”, deyiladi xabarda.

WP ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligidagi yuqori lavozimli amaldorlar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro Vashingtonning Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam ajratishi borasida shubhalarni kuchaytirgan. Bu mojaro, shuningdek, Ukrainadagi korrupsiya xavotirlarini yanada jonlantirgan.

Nashrga ko‘ra, ushbu mojaro fonida 7 milliard dollardan ortiq byudjetga ega Mudofaa xaridlari agentligi (MXA) faoliyati o‘tgan hafta davomida to‘xtatilgan. Bunga asosiy sabab agentlikni kim boshqarishi kerakligi bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklardir. Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov agentlik direktori Marina Bezrukova faoliyatini “qanoatlanarsiz” deb baholagan va uning shartnomasi uzaytirilmasligini ma’lum qilgan.

Ayni vaziyat Yevropa davlatlarini ham sarosimaga solgan. Ular avval Mudofaa xaridlari agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilgan bo‘lsa-da, hozirda bu agentlikni kim boshqarishi noma’lum vaziyatda qolmoqda. Shu bilan birga, nashrga ko‘ra, Marina Bezrukova lavozimini tark etishdan bosh tortgan va agentlikda ishlashda davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20201 | Инструменты