Huawei 1
Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Ulardan biri 3,2 metr, ikkinchisi esa 6,50 metr uzunlikda bo‘ladi.

Bekatlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanmoqda. Ularda zamonaviy multimedia tizimlari va tezkor chaqiruv tugmalari mavjud bo‘ladi.

Moslamaning 80% qismi metalldan tayyorlanadi. Shuningdek, 10% qismi plastik, 30% esa oynadan bo‘ladi. O‘rindiqlar yog‘ochdan tayyorlanishi aytib o‘tilgan.

Bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi. Oyna chidamliligini oshirish uchun 800 daraja haroratda toblanadi. Uning qalinligi 12 mm.

Qurilmaga tezkor chaqiruv xizmati uchun tugma o‘rnatilmoqda. Bu orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты