Huawei 1
Toshkentda o‘z uyida narkotiklarni saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

IIVning xabar qilishicha, Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan olingan maʼlumotga asosan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir natijasida, Uchtepa tumanida yashovchi 1972-yilda tug‘ilgan erkak o‘z xonadonida giyohvandlik vositalarini yetishtirib, saqlab kelayotganligi aniqlangan. 

Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda yer to‘lasida quritib qo‘yilgan 85 tup, 14 kg 365 g, omborxonasidan 31 ta turli xil qog‘oz bo‘laklariga qadoqlangan 1 kg 980 gr jami 15 kg 856 g giyohvandlik vositalari topilgan. Shuningdek, uning xonadonida 3 tup kannabis o‘simligi va noqonuniy saqlanayotgan pnevmatik qurol borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты