Huawei 1
UzAuto Motors Cadillac avtomobillarini sotishni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023-yil oxirida Chevrolet Gentra (Lacetti) ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda Cadillac avtomobillari va yangilangan Equinox va Traverse krossoverlari sotuvi boshlanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu Chevrolet Gentra sedani ishlab chiqarishni to'xtatish IPOning anderrayteri bo'lgan Freedom Broker taqdimotidan kelib chiqib qabul qilingan.

Avvalroq, O'zbekistonda "Lacetti" ishlab chiqarish 1-2 yil ichida to‘xtatilishi mumkinligi bo'yicha xabar bergandik. Avtomobil modellarining yashash davomiyligi haqidagi slaydda siz Gentra sikli 2023-yil oxirida tugashini ko'rishingiz mumkin. Xuddi shunday belgilar Spark va Nexia modellarida ham ko‘rsatilgan.Taqdimotda aytilishicha, kompaniya 2023-yilning ikkinchi choragidan boshlab Cadillac sotuvini boshlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, yangi Chevrolet modeli 2026-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan, ammo qaysi biriligi hali aniqlanmagan.  Kompaniya modellarining hayot aylanishi bo'limida Cobalt modelini Keyingi avlod (yangi avlod) yozuvi bilan ko'rish mumkin.

Hujjat boshqa modellarning davrlarini ham ko'rsatadi. Bu yerda Trailblazer sotuvining joriy yil yakuni va keyingi yil boshidan yangi Captiva taqdimoti, shuningdek, 2023-yil oxiridan Equinox va 2024-yil boshidan Traversening yangi avlodlarini ko‘rishingiz mumkin.

Avvalroq, Oʻzbekistonda Chevrolet Onix sotuvga chiqarilgani, Chevrolet Tracker 2023 avtomobilining sotuvi boshlangani bo'yicha xabar bergandik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты