Huawei 1
Isroil BMTning yangi hisobotini rad etdi

Isroil BMTning Yaqin Sharqdagi voqealarni tekshirish komissiyasining hisobotini rad etdi.

Bir kun avval BMT komissiyasi 2023-yil 7-oktyabrda G‘azodagi urush boshlanganidan buyon ikkinchi hisobotini taqdim etdi. Hujjatda Isroil “tibbiyot xodimlariga qarshi qasddan hujumlar” sodir etayotgani, bu urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlari kabi tavsiflanishi aytiladi.

Qayd etilishicha, isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi sog‘liqni saqlash tizimini ataylab yo‘q qilishda, shuningdek, falastinlik mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishda ham ayblangan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, so‘nggi hisobot “Isroil davlatining mavjudligini ochiqchasiga delegitimizatsiya qilish hamda uning aholisini himoya qilish huquqiga aralashish, shu bilan birga terroristik tashkilotlarning jinoyatlarini yashirishga qaratilgan yana bir urinishdir”.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni persona non grata deb e’lon qilgan edi. Bunga Guterrish Eronning Isroilga uyushtirgan raketa hujumini so‘zsiz qoralamaganini sabab qilib keltirgan.

“BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga mamlakatga kirish taqiqlandi”, deb yozgan edi Kats X ijtimoiy tarmog‘ida.

Kats, shuningdek, Guterrishni 2023-yil 7-oktyabrda Isroilga qilingan HAMAS hujumini haligacha qoralamaganlikda va HAMASni terrorchi tashkilot deb eʼlon qilishga urinmaganlikda ayblagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты