Huawei 1
Zelenskiy: Ukraina urush tugashini xohlaydi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi bilan urushni kelasi yilgacha kechiktirmay tugatilishini istashini aytdi.

Bu haqda u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. U Rossiya halol diplomatiya va urushning adolatli yakunlanishiga qarshilik ko‘rsatishda davom etar ekan, Ukraina armiyasiga yordam miqdori kamaymasligiga, Berlin esa Tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga umid bildirdi.

Zelenskiy bugun Sholsga o‘zining tinchlik rejasi haqida ma’lumot berishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda Rossiyani urushni tugatishga majbur qiladigan moddalar bor.

“Men 2025-yildan kechikmay, urush tugashini istayman. Shuningdek, tajovuz takrorlanmasligiga kafolat olish ham muhim. Bu reja haqiqatan ham urushga nuqta qo‘yadigan samarali tinchlik sammitini o‘tkazish uchun ko‘prikdir. Bu reja Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash uchun tuzilgan”, dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti bugun ertalab Berlinga yetib keldi. U Shols va mamlakat rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvlar rejalashtirgan.

Kansler allaqachon yil oxirigacha Ukraina Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiyadan yangi yordam olishini e’lon qildi, uning qiymati 1,4 milliard yevroga baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101213 | Инструменты