“Menimcha, bugun PSJga “Real”da bor birgina narsa yetishmadi”, — Ramos “Bavariya”ga qarshi bahs haqida
Fransiyaning PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos YChL nimchorak finalidan o‘rin olgan “Bavariya”ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
“Bavariya”ga qarshi uchrashuv juda qiyin bo‘ldi. Ular ajoyib raqib. Natija esa yomon, juda yomon. O‘z uyimizda, muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaganimizdan unumli foydalana olmadik. To‘pga egalik qila olmadik, hujumlarimiz vertikalroq bo‘lishi kerak edi.
Fikrimcha, tajribali futbolchilar bunday katta o‘yinlarda xotirjamlikni saqlab, to‘g‘ri qarorlar chiqarishi kerak. Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi, lekin ba’zida futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Yaxshi yoki yomon o‘ynashning farqi yo‘q, tarixda faqat natija qoladi, yutish kerak.
Menimcha, bugun PSJga “Real”da bor birgina narsa yetishmadi. U ham bo‘lsa — xarakter. Jamoa xarakterli bo‘lsa bitta to‘p farqini yo‘qqa chiqarish qiyin bo‘lmaydi”, — deydi Ramos.
Mavzuga doir:
Alpha version: 0.9.1.19 build 21015 | Инструменты