12-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

"Klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan" - Shavkat Mirziyoyev

Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonlik bokschilar “Stranja” turnirini birinchi o‘rinda yakunladi

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Stranja” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2023-yilda O'zbekistonda 2,8 mln tonna go‘sht yetishtirilgani ma'lum bo'ldi

Go‘sht yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan.

"Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.

O'zbekistonning tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

Qoidalar O'zbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

Markaziy Osiyoning uch davlati Xalqaro memorandumga qo‘shildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Afrika va Yevroosiyoda ko‘chmanchi yirtqich qushlarni saqlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumiga qo‘shildi.

O‘zbekiston aholisida 4 milliondan ortiq avtomobil mavjud

Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 020 744 tani tashkil etgan.

Qarshi shahrida 50 o‘rinli hududlararo hospis quriladi

2026-yilga qadar Qarshi shahrida og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi 50 o‘rinli hududlararo hospis ochiladi.

Samarqandda tumangaz taʼminoti rahbari pora bilan qo‘lga tushdi

Hozir unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2025-yildan pillaga narxni davlat belgilashi bekor qilinadi

Birinchi bosqichda bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi. Aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya beriladi va pilla yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa 2025 yildan narxni davlat belgilashi, klasterlarga tumanlarni biriktirish, fermer va kasanachilar o‘zi yetishtirgan pillani faqat klasterlarga sotishi amaliyotidan voz kechiladi.

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

Yig‘ilishda xuddi qurilish sohasidagi kabi qishloq xo‘jaligida ham ish o‘rinlari va tovar aylanmasini “soyadan” chiqarish zarurligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Ustyurt platosining hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida hamkorlik qiladi

Memorandum doirasida Ustyurt platosida yovvoyi hayvonlarning transchegaraviy populyatsiyalari va ularning koʻchib yuruvchi turlarini saqlashni taʼminlash boʻyicha ishchi guruh tuziladi va chora-tadbirlarning “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda tuproq unumdorligini oshirish va yaylovlarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi

Shuningdek, ushbu yerlarda ekinlar joylashuvi, vegetatsiya jarayoni, hosildorligi, mineral o‘g‘it sarfi “Agroplatforma”da yuritiladi.

Ilk bor O‘zbekistonda chet el chigitini ekishga ruxsat berildi

Yig'ilishda bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berilgani aytib o'tildi. Lekin, shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir to‘xtamga kelib, qayerdan, qanday navli urug‘ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlari tashkil etiladi

Omborlardagi o‘g‘itlar qoldig‘ini kunlik monitoring qilib, yetishmagan qismini zudlik bilan yetkazish muhimligi qayd etildi. Buning uchun fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты