Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov JST Bosh kengashining yig‘ilishidan olingan xulosalar bilan bo‘lishdi.
O‘zbekistonda 8 mart - Xotin-qizlar kuni shanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 10 mart, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Haftasiga 5 kun ishlovchilar 8, 9 va 10 mart kunlarida dam oladi, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa faqat shanba va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi. Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda.
Hodisa oqibatida zapravka hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
UzReport Axborot Agentligi marhumaning vafoti munosabati bilan oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.
Qurilish vazirligi poytaxtdagi ushbu ikki bog‘ hududida turar joy va tijorat binolari qurilishi haqida so‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo'lmasligi belgilandi.
Toshkent viloyatida yerni 2,4 mln dollarga, Surxondaryo viloyatida 60 ming dollarga va Xorazm viloyatida 45 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi izoh berib, xodimlar soni oshirilgani va yaqin kunlarda deklaratsiyani onlayn to‘ldirish mumkin bo‘lishini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2020-yil may oyida mazkur obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga zid ekani aniqlandi. Ya'ni ishlar Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilmagan holda va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan tarzda boshlangan.
Mazkur Innovatsion texnologiyalar markazida 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Tashrif chog‘ida harbiy texnikaning yangi namunalari, mudofaa sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyiha va rejalar taqdimot qilindi.
Mubashshir Ahmadning “o‘ta og‘ir jinoyat sodir etish”da ayblanayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi. OAVga bu ma’lumotni IIV matbuot xizmati tasdiqlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Telegram kanalida yozgan postlari uchun diniy materiallarni tayyorlash va tarqatish tartibiga rioya qilmaganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg'i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Komil Allamjonovning 7 nafar xodimiga chiqarilgan sud qarori bekor qilindi. Oliy sud bu bo‘yicha tafsilotlarni e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasini mustahkamlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Armiyani modernizatsiya qilish va zamonaviy qurollantirishning yangi tizimi – mudofaa sanoati yanada rivojlantirilgani, qo‘shimcha korxonalar tashkil qilingani qayd etildi. Qurolli Kuchlarimiz tomonidan 20 dan ziyod mamlakat bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 400 dan ortiq qo‘shma mashg‘ulotlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishilganligi aytib o‘tildi.
Davlat rahbarlari ushbu muloqotda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
2024-yilda FAO tomonidan chop etilgan “Global Status of Salt-Affected Soils” (Sho‘rlangan tuproqlarning global holati) hisobotida O‘zbekiston dunyodagi sho‘rlangan tuproqlarning 70 foiziga ega bo‘lgan 10 ta davlat qatoridan joy olgan.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o'z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta'lim olishga jalb etish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22210 | Инструменты