Huawei 1
24-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Dog‘istondagi terrorchilik harakatlari sabab Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shahram G‘iyosov WBO reytingi peshqadamiga aylandi

Butunjahon boks tashkiloti iyun oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Mo‘g‘uliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o'tdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O'zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Xitoyning Sian shahrida "C5+1 Xitoy-Markaziy Osiyo fuqaro aviatsiyasi" konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya yakuniga ko‘ra tomonlar ushbu konferensiyani har yili 1-mart sanasida navbat asosida hamkorlikka a’zo mamlakatlarda o‘tkazilishiga va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdi

Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Fargʻonada oktyabr-noyabr oylarida “Fargʻona gastronomik festivali” oʻtkaziladi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyadagi World Tourism Forum Institute xalqaro turizm tashkiloti rahbari Bulut Bag‘ji hamda turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi ishbilarmon Muattar Ergenni qabul qildi.

Samarqandda O'zbekiston-Germaniya qo'shma xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi

Mazkur ta'lim muassasasi bitiruvchilari nafaqat O'zbekistonda, balki Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ham ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari muzokaralarning amaliy natijalaridan mamnunligini bildirdi

"Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi va ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Birgalikdagi katta ishlarimizning birinchi amaliy natijalarini tez fursatda ko‘ramiz, deb ishonaman", – dedi O‘zbekiston prezidenti.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 14 ta hujjat imzolandi

Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Orzu” loyihasining ilk xayriya ko‘rgazmasi o'tkaziladi

Xayriya ko‘rgazmasida sotilgan ijodiy ishlar tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yo‘naltiriladi.

Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʼtkazdilar

"Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni taʼkidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda oʼzaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qoʼydik", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Zominda “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi

27-30-iyun kunlari Jizzaxning Zomin tumanida YuNeSKO va AYSESKO shafeligi ostida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi.

O'zbekiston va Mo'g'uliston prezidentlari birgalikda daraxt ekishdi

Oliy darajadagi Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston muzokaralari yakunlangach, Koʼksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʼlib oʼtdi.

O‘zbekiston importidagi TOP—10 davlat e'lon qildi

Importda yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar qatorida yetakchi – Xitoy.

O'zbekistonda hafta davomida havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92822 | Инструменты