Huawei 1
26-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston—Pokiston hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Ikki davlat yetakchilarining muzokaralari yakunida imzolangan bitimlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Jomboy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ushbu lavozimni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Xurshid Nazarov egalladi.

Toshkentda "O'zbekiston – Polsha" biznes-forumi bo'lib o'tdi

Ikki mamlakatning 150 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

UFC‘dagi o‘zbek jangchilari soni bittaga kamaydi

Mashrabjon Ro‘ziboyev dunyoning eng kuchli ligasi rosteridan chiqarildi.

O‘zbekistonda vino va tamaki ishlab chiqarish hajmi keskin qisqardi

2025-yilning yanvarida pivo ishlab chiqarish hajmi 22,1 foizga qisqargan. O‘tgan yilning yanvarida esa ko‘rsatkich qariyb 90 foizga oshgandi.

2025 yilda O‘zbekistonda qancha odam vafot etishi mumkinligi prognoz qilindi

Ranking prognozlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyo bo‘yicha 63,1 million kishi vafot etishi mumkin.

Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi sabab fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

Ta’kidlanishicha, shahar bo‘ylab obodonlashtirish bo‘limlari va boshqaruv servis kompaniyalarining xodimlari qorlarni tozalash va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.

2024-yilda respublikaning 3 ta hududida onlayn kameralar orqali 3 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi

2024-yilda Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi salbiy holatlar onlayn kameralarga muhrlandi.

IIV matbuot kotibi: Narkotik modda bilan qo‘lga olingan shaxs xonanda Shahriyor ekanligi haqiqatdan yiroq

Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati 25-fevral kuni YPX maskanida bir shaxs giyohvandlik moddasi bilan ushlanganini maʼlum qildi. OAVda ushbu shaxs xonanda Shahriyor ekani haqida xabar tarqaldi. IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning xabar berishicha, ushbu maʼlumot haqiqatdan yiroq.

Toshkent shahridagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22621 | Инструменты