Huawei 1
26-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston BRIKSning hamkori bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston kelgusida BRIKSdagi faoliyatini asta-sekin chuqurlashtirib, unga aʼzo davlatlar bilan hamkorlikni tubdan rivojlantiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev aytib o'tdi.

Toshkentda “peshexod”dan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermagan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Hozirda haydovchi bilan “2-avtobus saroyi” filiali o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eron ustidagi havo hududining yopilishi munosabati bilan bir qancha aviakompaniyalar parvoz yoʻnalishlarini oʻzgartirdi

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani va havo hududining bir qismi yopilganligi sababli bugun ertalab bir nechta aviakompaniya samolyotlari o'z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi

Baxtiyar Babadjanov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi

Bugun, 26-oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 2 nafar nomaʼlum shaxslar avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, nomaʼlum tomonga yashirinishgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun pul beriladi

Kam taʼminlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar.

Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi

Raqobat qo‘mitasi bozorda Yandex Eats va Express24 servislarini ustun mavqega ega (monopol) deb topdi.

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda

O'zbekiston aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga ko‘paygan.

Kelgusi hafta boshida O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 28-30-oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Jizzaxda yuk mashinasi YTHga uchradi

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102622 | Инструменты