28-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Chorsu bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun soat 01:12 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan "Chorsu" bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

Otabek Umarov Toshkentda Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi

"Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi. Bunga juda oz fursat qolganiga ishonaman", - deya yozgan Otabek Umarov.

DXX: Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil etishgan

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jazirama sababli poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, jaziramada relslar qizib ketadi, shu sababli harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatilmoqda.

Yaponiya tarjibasi asosida O‘zbekistonda krevetka yetishtiriladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligida "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi rahbari Omon Musayev hamda Yaponiyaning "Trust engineering partners" kompaniyasi prezidenti Shozo Maishigi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlar ishlari agentligiga qo'shimcha funksiyalar yuklandi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o'qitish tizimi samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Sirdaryoda suv ta’minoti xodimlari gazdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gulistondagi suv haydash nasos stansiyasida “Sirdaryo viloyati suv ta’minoti"ning 3 nafar xodimi gazdan zaharlanib, ulardan biri vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayrim yoshlar til o'rganganligi uchun moddiy rag'batlantiriladi

2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo'yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to'planishi lozim bo'lgan ballning minimal ko'rsatkichi bir pog'ona pasaytiriladi.

Samarqandda “moykachi” yigit 50 ming dollar turadigan mashinani boshqarib YTH sodir etdi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak" — prezident

Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshgani aytildi.

Qurilish korxonalari besh oyda 4 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan

Shundan 439 mlrd so‘mi, ya’ni 11,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 5,2 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 56,3 mlrd so‘m.

73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi. Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Parranda go'shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi

2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini (ekin maydonlaridan tashqari) to'lashdan ozod etiladi.

Samarqandda 6 yoshli bolani kamar bilan kaltaklagan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi

2024–2026-yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70101 | Инструменты