Andijonda old oynasini "tonirovka" qilgan "Malibu" va to‘xtab turish qoidalarini buzgan "Mercedes-Benz" haydovchilari jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda old oynasini "tonirovka" qilgan "Malibu" va to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan "Mercedes-Benz" avtomobili aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, video Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, "Mercedes-Benz" rusumli 60E040MA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1982-yilda tug‘ilgan B.K.ga nisbatan MJtKning 128 prim oltinchi moddasi (to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzganligi) birinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, "Malibu" rusumli 40V001TA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1996-yilda tug‘ilgan E.K.ga nisbatan MJtKning 126-moddasi (old oynasini qoraytirganligi (tonirovka) birinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Avvalroq, Andijonda davlat raqamisiz harakatlangan "Mersedes-Benz" haydovchisi 1,5 mln jarima to'lagani haqida xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20210 | Инструменты