Huawei 1
19-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

Jahongir Obidjonov “O‘zenergosotish” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi turli miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Kamondan otish bo'yicha o'zbekistonlik sportchi Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Turkiyaning Antalya shahri mezbonlik qilgan kamondan otish bo‘yicha Parij-2024 jahon litsenzion turnirida Amirxon Sodiqov yakkalik dasturida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal barobarida Olimpiada yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi

Profilaktika inspektori o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqaroning yaqin qarindoshlari yo‘qligi va aqli norasoligidan foydalanib, uning mulklarini qo‘lga kiritish maqsadida, go‘yoki u jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzib yurganligi to‘g‘risida 1-son ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi rahbariga bildirishnoma yozib, majburan shifoxonaga joylashtirib, uni uyidan chiqarib yuborishga va ozodligini cheklashga erishgan.

Alisher Qodirov: Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi lozim

Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov O‘zbekistonda otalar kuni alohida kun sifatida qayd etilishi kerak degan fikrni ilgari surmoqda. "Bog‘cha va maktabni erkak tarbiyachi hamda o‘qituvchilar tashlab ketganiga ancha bo‘ldi. So‘nggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib chiqarilayotgandek", - deya yozgan u.

O'zbekiston va Avstriya o'rtasida energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi

Avstriya federal moliya vaziri o'rinbosari Andreas Rayxardt O'zbekistonda yoqilg'i-energetika sohasini takomillashtirish, toza va "yashil" energetikaga o'tish kabi loyihalarni amalga oshirishda Avstriya kompaniyalarini jalb qilish masalasida ko'maklashishga tayyor ekanligini aytdi.

Joriy yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 42 mingdan ortiq murojaat yo‘llangani ma'lum qilindi

Shuningdek, murojaatlarning 20 272 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslar tashkil etiladi

Rossiya shaharlaridan Toshkent orqali boshqa davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish va 2024-2025-yillarda Rossiyada "O‘zbekiston turizm yili"ni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ikki jiyaniga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi

Bolalar ombudsmani, IIV va TIV voyaga yetmagan qizlarni O‘zbekistonga qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92806 | Инструменты