Endilikda o'zbek za'faroni Xitoyga eksport qilinadi
Bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin O'zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko'ra za'faron tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi.
IT-kompaniyalarga Qoraqalpog‘istonda loyihalarni amalga oshirishga yordam beriladi
Ularga “IT Park"ning Nukusdagi yangi binosida 1 yilgacha muddatga bepul ofis beriladi hamda xodimlarni izlash va o‘qitish xarajatlari qisman qoplanadi.
Raqobat qo‘mitasi “Orient Finans” bankni jarimaga tortdi
“Orient Finans” Termiz filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Termiziy ko‘chasidagi bank ofisi oldida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining o‘rnatish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud emasligi hamda reklama axborotini tarqatish bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelinganligi aniqlandi.
2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
Tahlil: "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" tadbirkorlarga 17,1 trln so‘mlik yordam ko‘rsatdi
Hududlar bo‘yicha yordamlardan eng ko‘p foydalanilgan viloyatlar: Xorazm (12%), Toshkent (10%), Buxoro (9%) va Toshkent shahri (9%).
Samarqandda Labo haydovchisi velosipedchi bolani urib yubordi
Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan. Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2 mingta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
Eng ko'p o'rin Samarqand viloyatiga berilgan.
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga oid nizom tasdiqlandi
Hujjat bilan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish uchun mikromoliya tashkilotlari maxsus kengash tashkil etishi kerak. U mikromoliya tashkiloti ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida saylangan kamida 5 kishidan iborat bo‘ladi.
Toshkentda yil davomida asosiy ifloslantiruvchi manba shamol tufayli ko‘tariladigan tabiiy chang ekanligi ma'lum bo'ldi
Jahon banki, Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorlikda poytaxt havosida mayda RM-2.5 dispers zarrachalarini tashkil etuvchi ifloslanish manbalari hisobotini taqdim etdi.
Manzarali va mevali daraxtlarga qush uyalari ilib chiqilmoqda
Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Toshkent shaxar Obodonlashtirish boshqarmasi tashabbusi bilan poytaxtning yashil maydonlarida mavjud manzarali va mevali daraxtlarga qush uyalari ilib chiqilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122314 | Инструменты