3-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O'zbekiston Bosh konsulxonasi: Istanbuldagi yong'in oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar, shuningdek, prokuratura tomonidan hibsga olinganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari aniqlanmagan

Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo'zg'atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan.

Rossiya Oʻzbekistonga epidemiologik xavf-xatarlarga qarshi kurashish uchun mobil laboratoriya topshirdi

Ushbu zamonaviy laboratoriya bakterial va virusli oʻta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi tezkor choralar koʻrish, epidemiologik tekshiruvni amalga oshirish, jumladan, biologik material yoki bevosita infeksiya oʻchogʻidagi atrof-muhit obyektlarining oʻziga xos koʻrsatkichlarini yigʻish hamda namunalar olishga moʻljallangan.

Xorazmda o‘zaro katta janjalni sodir etmoqchi bo‘lgan ikki guruh aʼzolari ushlandi

Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo‘lgan 2 nafar shaxs o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashib hal qilishga uringan.

Toshkent shahar jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov naqd pul bilan qilinadigan to‘lovlar miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi ekanini aytdi. Naqdsiz to‘lovlar esa 1700 so‘mligicha qoladi.

Endilikda migrantlarning viza, chipta, til o‘rganish xarajatlari qisman qoplab beriladi

Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan har bir xodim uchun korxonaga subsidiya beriladi. Bu uchun bu yil 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Kambag'allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatiladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksiga qo'shimchalar kiritildi.

Toshkent shahrida bog‘cha tarbiyachisi yosh qizchani urib, qo‘lini ko‘kartirdi

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Bosh prokuratura: 4 ming 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 ming 265 nafar shaxsning ushlanishi taʼminlandi

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 10 602 nafar shaxsga nisbatan 8 505 jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborildi.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi

U 2023-yil martidan buyon Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston TIV Isroilning Eron konsulligi binosiga uyushtirgan hujumini qoraladi

"Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz", - deyiladi xabarda.

Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi

So‘nggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi.

Akademiklar ishtirokida dars o'tish amaliyoti yo'lga qo'yiladi

"Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Bank filiallari tadbirkor mijozlarga kredit berayotganda fuqarolarni ishga olish sharti bilan kredit foizini kamaytiradigan tizimni joriy qilish taklif qilindi

Yangi tizimga ko‘ra, endilikda banklar tadbirkorlar ish o‘rni yaratganidan keyin ularga berilgan kredit foizini tushirib boradi. Hokim yordamchilari esa ishsizlarni tadbirkorni talabi asosida o‘qitadi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv jarayoni STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi

Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan o‘zaro integratsiyalashgan o‘quvchilarni muhandislik asoslariga o‘rgatish bo‘yicha taʼlim dasturlari joriy qilinadi.

Amir Temur shoh ko‘chasidagi davlat idoralari binolari o‘rniga tadbirkorlar uchun binolar qurilishi mumkin

Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor ko‘p qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obyektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi.

Toshkent shahridagi masjidlarda oʻgʻirlik qilib yurgan shaxs qoʻlga olinib, 6 yilga qamaldi

Toshkent shahar JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan unga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi.

Prezident maktabi bitiruvchisi Harvardga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov 354 000 dollarlik grant bilan Harvard universitetiga o‘qishga qabul qilindi.

Sergeli tumani sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Kengash xulosasi bilan sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Eng namunali mahallaga Prezident sovgʻasi — elektromobil sovgʻa qilinadi

Toshkent shahridagi 585 ta mahallada ham daraxt va gullar ekish, hududni obodonlashtirish, sharoiti og‘ir oilalar, yolg‘iz qariyalar, imkoniyati cheklangan odamlarni holidan xabar olib, ularni ko‘nglini ko‘tarish muhimligi taʼkidlandi.

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

“Transfermarkt” portali Markaziy Osiyo va ayrim Yevropa qitʼasi mamlakatlarining ayni paytdagi eng qimmat futbolchilarining yangi reytingini tuzib chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты