Huawei 1
30-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Peshku tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Vobkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.

O‘zbekistonning 2024-yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi uchun daʼvogarlar eʼlon qilindi

2024-yilda 14 nafar futbolchi ushbu sovrin uchun kurash olib boradi.

Avtobus yo‘lagida qoida buzganlar 1 mln 125 ming so‘m jarima to‘laydi

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston mehnat bozorida talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar aniqlandi

Savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi mutaxassisliklarga talab yuqori ekani ma’lum bo‘ldi.

10 oyda aholi tomonidan O‘zbekiston banklariga 13,2 milliard dollar miqdorida chet el valyutasi sotildi

Maʼlum qilinishicha, 10 oy ichida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi xorijiy valyuta oldi-sotdisi hajmi 20,9 milliard dollar bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkich 2023-yil mos davridagidan 3,3 milliard dollarga (19 foizga) ko‘p.

Buxoroda YPX xodimiga 10 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs ushlandi

Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Kogon shahariga yangi hokim tayinlandi

Mirshakar To‘raboyev Kogon shahar hokimi etib tasdiqlandi.

16 yoshli o‘smir “Chorsu” mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi

Hozirda ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qorovulbozor tumaniga yangi hokim tayinlandi

O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Kelgusi hafta boshi uchun O'zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi

"O‘zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 2-4-dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.

2025-yilda 100 ming gektar yer 200 ming oilaga ijaraga beriladi

2025-yilda esa 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Bu ishlar uchun 46,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Qolaversa, 100 ming gektar yer dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil etish uchun 200 ming kambag‘al oilaga ijaraga beriladi.  

O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 1 903 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda

Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 534 tasi qo‘shma korxona va 1 369 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Senat: Oʻzbekiston hali ham yod tanqisligi boʻyicha ogʻir hudud boʻlib qolmoqda

O'zbekistonda yod tanqisligi darajasi 31 foizni tashkil etib, 20 yil mobaynida bu 2,5 barobarga kamaygan. Biroq, O‘zbekiston hali ham yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda.  Ayrim hollarda “yodlangan” deb yozilgan qadoqlarga aslida yodlanmagan texnik tuz solinayotgani aniqlangan.

Yil boshidan 113 ming nafardan ortiq mehnat muhojirlari qonuniy ravishda xorijga jo‘natildi

Rossiyada migrantlar faoliyatining asosiy sohalarida taklif qilinayotgan o‘rtacha ish haqi 38%ga oshgan. Jumladan, qurilishda 55%ga, yetkazib berishda 48%, taksi va restoran xizmatlarida 46% hamda yuk tashishda 14%ga ko‘paygan.

Buxoroda bir nechta yo‘l harakati qoidalarini buzgan "Lacetti" haydovchisi ushlandi

Haydovchi O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bir nechta moddalari bilan javobgar, deb topilgan va 9,5 million so‘m jarimaga tortilgan.

10 oyda O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 12,6 mlrd dollarni tashkil qildi

Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan (9,8 mlrd dollar) kelib tushgan bo‘lib, 2023 yilning mazkur davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

Turkiya kompaniyasi 1 300 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni ishga jalb qiladi

Birinchi bosqichda dekabr oyida 60 nafar fuqaro Turkiyaga jo‘natiladi. Ish beruvchi tomonidan borish va yashash xarajatlari qoplab berilib, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim hamda himoya vositalari ajratiladi. Shuningdek, yaxshi maosh va mehnat huquqlari kafolatlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты