Huawei 1
17-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Xalqaro aeroportdan “shampun” ichiga dori yashirib o‘tishga urinish fosh qilindi

Poytaxt aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchi 319 flakon va ampula ko‘rinishida 2 turdagi dori vositalari va 19 dona tish plomblarini shampun qutilari ichiga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida to'xtatib qolindi.

Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo'llab-quvvatlanadi

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish sanasi o‘zgardi

Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha 24-oktyabrga belgilangan boshqaruv yig‘ilishi sanasini 31-oktyabrga ko‘chirdi.

Ukrainadagi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosi uch yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Jomboy tumani sudida Ukrainadagi urushda qatnashgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqildi.

Toshkentda pulli “parkovka” uchun to‘lovlar miqdorlari tasdiqlandi

Toshkent shahri hokimi "Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish joylari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi

Farmonga ko'ra, davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga “Toshkent” RFB savdolari orqali xorijiy valyutada sotish va ular bo'yicha to'lovlarni shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirish belgilandi.

Moses Kavaaluuko Kizige Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlashini bildirdi.

Sharafiddin Kadirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi etib tayinlandi

Bunga qadar u “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktori lavozimida ishlagan.

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani o‘z tasdig‘ini topmadi

Surishtiruv davomida mutaxassislar tomonidan ushbu maktabning 1-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazganida suhbatda ishtirok etgan 28 nafar o‘quvchilar o‘qituvchisi tomonidan hech qanaqa qo‘pollik qilmaganligi, o'quvchini urishmaganligi, unga igna tiqmaganligini bildirishgan.

Milliy valyutadagi ko‘chmas mulk o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 foizga qimmatlashdi

Markaziy bankning joriy yilning I yarim yillik moliyaviy barqarorlik sharhida qayd etilishicha, mamlakatda uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda – uning bozor narxi fundamental narxdan 28 foizdan yuqori. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda.

Qozogʻistondagi YTHda vafot etgan oʻzbekistonliklarning 2 nafari bolalar boʻlgan

Bundan tashqari, YTHda jabrlanib shifoxonaga tushgan 4 kishidan 2 nafari ham bolalar.

O‘zbekistonliklar sentabrda go‘sht, sut va yoqilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishgan

Markaziy bank sentabr oyi uchun aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi oid so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

AES direksiyasi rahbari: Ishlatilgan yadro yoqilg‘isi Rossiyaga olib ketiladi

O‘zbekiston hukumati kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy banklar bilan muzokaralar olib boryapti. Bu haqda AES qurish direksiyasi direktori Otabek Omonov ma'lum qildi.

O‘zbekistonda gibrid avtomobillar importi oshdi

Bojxona qo‘mitasiga ko'ra, 9 oy davomida benzinda harakatlanadigan avtomobillar importi 28 foizga kamaygan.

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

2028-yil 1-yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o'zini o'zi band qilgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

2026-yil 1-maygacha sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты