Huawei 1
13-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Olimpiada chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSH dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottedj.

Farg‘onada janjallashgan 2 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar markazida ikki nafar fuqarolarning janjallashgani aks etgan videoxabar tarqaldi.

Andijonda maktabdagi og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani aytilmoqda

Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabida o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi.

Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi.

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan ish sudga oshirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirobod tuman sudi 15-avgust kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi.

O'zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Para atletchilarimiz yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirildi

1-oktyabrdan boshlab budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

Qidiruvda bo‘lgan 27 yoshli ayol fuqaro Turkiyada qo‘lga olindi

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbul shahrida qo‘lga olingan. Natijada fuqaro Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

1-oktyabrdan yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun jarima oshadi

1-oktyabrdan boshlab davlat xizmatlari uchun soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan BHM 340 ming so‘mdan 375 ming so‘mga oshadi.

Eldor Shomurodovga AQSH klubi qiziqish bildiryapti

AQSH futbol federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladigan professional futbol ligasi – MLS‘ning "Atlanta Yunayted" klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni yangi hujumchi sifatida sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan.

Amerika kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini qayta tiklaydi

Amerikaning Sierra Nevada Corporation xususiy kompaniyasi O‘zbekiston bilan oltita Pilatus PC-12 samolyotini restavratsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Magistratura mandati 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi

2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qatʼiy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.

Toshkent viloyatida sutkasiga 1 million m³ oqova suv tozalash quvvatiga ega bo‘lgan inshoot quriladi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” mahallasi hududida sutkasiga 1 mln m³ oqova suv tozalash quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti va 42 kilometrli oqova suv kollektorlarini qurish ishlari ko‘zda tutilgan.

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

Holat yuzasidan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan 4,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, yana bir huquqbuzar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Andijonda sport maktabi murabbiyi ishqiy munosabatdagi maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga $7 ming talab qildi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazmda 13 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘lgani aniqlandi

Bolalar ombudsmaniga ko'ra, o‘quvchisi qiz besh kishi tomonidan zo‘rlangan va homilador bo‘lib, qiz farzandni dunyoga keltirgan. Gumonlanuvchilarning ikki nafari 2005-yilda tug‘ilgan. Qolgan uch nafari 9-10-11-sinf o‘quvchilari bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonda voyaga yetmagan ikki mahbus kattalar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi

Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Toshkentning ayrim bozorlarida iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlandi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtning ayrim bozorlarida o‘rganish ishlari olib borildi va organoleptik xususiyati o‘zgargan mahsulotlar yo‘q qilindi.

Mahkumlar almashish bo‘yicha xorijiy hamkorlikning yangi tartiblari qabul qilinadi

Parlament quyi palatasi deputatlari "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты