Huawei 1
15-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston va Janubiy Koreya birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Oliy martabali mehmon o‘zbek amaliy san’at ustalarining ijod namunalari bilan tanishdi, xalq an’ana va urf-odatlari namoyish etildi.

Toshkent shahrida besh oyda YTH oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.

AQSh uch nafar o‘zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar "qora ro‘yxati"ga qo‘shdi

AQSh Davlat departamenti Turkiya Respublikasi bilan kelishilgan holda, bir qancha shaxslarni IShID terrorchilik guruhi "qora ro‘yxati"ga qo‘shganini e’lon qildi.

Andijondagi g‘alladan bo‘shagan yer maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

Holat yuzasidan Andijon viloyati FVB rasmiy munosabat bildirdi.

Polsha o‘zbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi. Tomonlar mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga eʼtibor qaratdi.

O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlar ilk bor Britaniya muzeylarida namoyish etiladi

Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, shuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi shaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyish etiladi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari Samarqandga keldi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol rafiqalari bilan dastlab Registon ansambliga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi Namangandagi bojxona posti sentyabrda ochiladi

“Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida yo'lovchi avtobus yonib ketdi

Yong'in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Nodirbek Yakubboyev "Uzchess Cup" superturniri Masters guruhida chempionlikni qo'lga kiritdi

Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek Yakubboyev 25 ming dollarga ega bo‘ldi.

Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili yonib ketdi

Yong'in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Toshkent shahrida Qurbon hayiti kuni 15 ta avtobus yo’nalishi harakati bir muddatga o'zgartiriladi

16-iyun kuni poytaxtdagi 121 ta masjidda Qurbon hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.  

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

"O‘zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 17-19-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

O‘zbekistonda hindistonliklik talabalar eng ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga