Huawei 1
1-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Jismoniy, jinsiy, iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik kamaygan – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

O'zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik holatlari oilada 9 ming 60 ta (+2 ming 720 ), ko‘chada – 918 ta (+112), jamoat joyida – 313 ta (+69), ish joyida – 81 ta (+12), ta’lim muassasida – 61 taga ko‘paygan. Jismoniy, jinsiy, iqtisodiy, ruhiy zo‘ravonlikda kamayish kuzatilgan.

Shahram G‘iyosov 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

O'zbekiston–Qirg'iziston ekspert kengashini tashkil etish to'g'risida memorandum imzolandi

Kengash tegishli ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish orqali mamlakatlar o‘rtasidagi ekspertlar muloqotiga muntazam va mazmunli xarakter berishga mo‘ljallangan.

Italiya bosh vaziri Toshkentga qisqa muddatga to‘xtab o‘tdi

U bilan Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uchrashdi.

1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

Mikrohududdan tashqari maktablarning 1-sinfiga qabul 1-avgust kuni soat 11:00 da boshlandi.

Toshkentda YPX xodimini avtomashinasi kapotida sayr qildirgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qoidabuzar haydovchi avtomashinasini xodimning ustiga haydagan holda inspektorni avtomobil kapotining ustida sayr qildirgan. Buning oqibatida YPX xodimi chap oyoq bo‘g‘imlari lat yeyishi jarohatini olgan.

Iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha darajasi 0,3 % ga pasaygan

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning iyul oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,3 % ga arzonlashgan.

Raqobat qo‘mitasi: Konditsioneri ishlamagan kupe chiptalaridan pullar chegirib qolinadi

Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi.

O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi

Raqobat qo‘mitasi ushbu holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka tushib ketdi

Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Buxoroda er xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda yer usti piyodalar o‘tish joylari qurish uchun budjetdan 53,6 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxtda Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligi asosida 25 ta yer usti piyodalar o‘tish joylarini qurish belgilangan.

Eng qimmat osh poytaxtda: Hududlarda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi e'lon qilindi

Statistika agentligi iyul oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini e'lon qildi.

Tojikistonda go‘sht narxining ko‘tarilayotgani o‘zbek rastalaridagi go‘sht narxiga taʼsir etmaydi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikistondan go‘sht sotib olmaydi va kuzatilayotgan holat mamlakat ichki bozoriga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

Toshkentda 1-oktabrgacha “Maktab bozorlari” tashkil etiladi

Maktab o‘quvchilarini 2024-2025-o‘quv yilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv qurollari bilan taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi qarori qabul qilindi.

O'zbekistonda birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshdi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida avtomobil raqamlari savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты