Huawei 1
13-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro hamkorlikda yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi

Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejash imkonini beradi.

Xitoy fuqarosi Makedonskiy davriga oid tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Toshshahartransxizmat" 197 nafar haydovchini qora ro‘yxatga kiritdi

Ma'lum qilinishicha, qo'pol qoidabuzarlik sodir etgani uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan haydovchilarning elektron bazasi, ya'ni, "qora ro'yxat"i joriy etilgan bo'lib, unga ko'ra ushbu haydovchilar avtobus saroyi filiallariga qayta ishga olinmasliklari qat'iy belgilangan.

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘l yo‘nalishi YTBning istiqbolli loyihalar ro‘yxatiga kiritildi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo'l yo‘nalishi boshqa muhim bozorlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, Yevroosiyo makonida raqobatbardosh yo‘lakka aylanadi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotida aytiladi.

Poytaxtda fuqarolarni 6,1 mlrd so‘mga chuv tushirgan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat mansabdor shaxslari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolg‘on vaʼdalar berib, 6 mlrd 169 mln so‘m to‘lov pulini o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborishganligi aniqlangan.

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida elektr energiyasi hisobi yuritiladi

2024-yilning yakuniga qadar O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlash uskunalari uchun alohida hisoblagich o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Samarqandda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 35 nafar rahbar jarimaga tortildi

Monitoring natijasiga ko‘ra, ular inson resurslarini boshqarish faoliyatini raqamlashtirish masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan.

Navoiyda qiyoslanmagan tibbiy uskunalar orqali bemorlarga tashxis qo‘yilgani aniqlandi

Tekshiruv natijasida birlashma masʼuliga maʼmuriy chora ko‘rildi.

"Andijon biokimyo zavodi" xususiylashtirildi

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

"Xiva-Andijon" yo'nalishidagi poyezdda konditsioner “anomal issiq sabab” ishlamagani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek yulduzlari tomonidan yo‘lovchi poyezdlarida konditsioner tizimi ishlamayotgani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. “O‘ztermiyo‘lyo‘lovchi” bunga anomal issiq havo harorati sabab bo‘lganini bildirdi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov esa yil boshidan buyon O‘zbekistonda hali anomal issiqlik kuzatilmaganini aytmoqda.

Raqobat qo‘mitasi poyezddagi noqulayliklarni nazoratga olganini ma'lum qildi

Hozirda qo‘mita tomonidan bu kabi holatlar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Buxorodagi bog‘chada 150 bolaning ovqatiga 300 gramm go‘sht solingani aniqlandi

Ayni paytda MTT mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Miroboddagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi 

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты