Huawei 1
21-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Janubiy Koreya kompaniyasi Chustda $55 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

Loyiha 7 gektar maydonda amalga oshirilib, majmua o‘z ichiga savdo markazi, restoran, dam olish maskani va avtoturargohni qamrab oladi.

Ish haftasi davomida O'zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 22-24-oktabr kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.

O‘zbekistonda YAIMning real o‘sishi 6-6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda

"Mamlakatimizdagi tarkibiy islohotlar hisobiga iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, 2024 yilda va o‘rta muddatli istiqbolda YAIMning real o‘sishi 6-6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda", – deydi Markaziy bank raisi o‘rinbosari.

Botir Zohidov: 2025-yilda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash mezonining yangi tizimi joriy etiladi

"Bunda, kambag‘allik faqatgina daromad yoki isteʼmol bilan belgilanmaydi, balki, taʼlim, tibbiy xizmat va fuqarolarning boshqa kundalik hayotiga taʼsir qiladigan mezonlar qamrab olinadi", - deya ta'kidladi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri.

“Hozir ekologiya xuddi raqamli texnologiyalarday dolzarb” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti – “Green University”ga tashrif buyurdi. Mutasaddilarga ekologiya sohasida quyi bo‘g‘in kadlarini tayyorlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatda texnikumlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Obid Xakimov: Maqsadimiz 2030-yilga borib kambag‘allik darajasini 5 foizgacha kamaytirishdir

"Kambag‘allik muammosini kun tartibidagi asosiy muammolardan biri sifatida hal qilish kompleks va samarali strategiyalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo qildi", - dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov.

O‘zbekistondagi 524 ta ovqatlanish joylarida taomnoma davlat tilida emasligi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi iste’molchilar murojaati bo‘yicha respublikadagi 700 taga yaqin restoran, kafe, oshxona va bufetlarni o‘rgandi.

Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi

Farmonga ko'ra,  kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari texnikumlarga biriktiriladi

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta'lim tashkilotlari ro'yxati tasdiqlandi.

Investorlar prezidentga chiqindidan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarini taqdimot qildi

"Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri. Yer-suvlarimizning yaroqliligi ham, aholi salomatligi ham, havo tozaligiyu energetika barqarorligiyam shu sohaga bog‘liq. Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat o‘zgaradi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari tabrigida mamlakatda qonunga hurmat va itoat muhitini taʼminlash, jumladan, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni hayotga izchil tatbiq qilishda barcha yuksak madaniyat va o‘zaro bir-birini anglash tuyg‘usini namoyon etish lozimligi taʼkidlangan.

Yashillik darajasini oshirish bo‘yicha islohotlarni ko‘p hokimlar tushunib yetmayotgani ko‘rsatib o‘tildi

Har bir hokim, vazir, tashkilotga qayerga, qancha ko‘chat ekish egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berish topshirildi, mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qatʼiy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Nukus, Arnasoy, Qorako‘l, Muborakda keyingi yilda suvsizlik va sho‘rga chidamli galofit o‘simliklaridan iborat 4 ta bog‘ barpo qilinadi

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmdagi 250 ming gektar cho‘lda suv talab etmaydigan saksovul, qandim, cherkez urug‘lari dronlar yordamida ekiladi. Oktyabr-noyabr oylarida mahallalarda 40 million dona manzarali va mevali daraxt yangi tizim asosida ekilishi belgilandi.

Prezident Toshkentning drenaj tizimi ishiga qatʼiy eʼtiroz bildirdi

Drenajni to‘g‘irlashni o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi. Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.

Prezident keyingi yilda “Yashil makon” dasturi uchun 100 milliard so‘m ajratilishini eʼlon qildi

Endilikda daraxtlarni 3 yil parvarishlash, kasallikdan saqlash, sug‘orish xarajatlari ham investitsiya dasturiga kiritiladi. Shuningdek, 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi. Qo‘mitaga yil yakunigacha cho‘llarni degradatsiyadan chiqarish bo‘yicha uch yillik dastur tayyorlash topshirildi. Kelgusi yilda bu maqsadlar uchun dastlab 50 million dollar grant mablag‘lari jalb etiladi.

O‘zbek milliy tashuvchilaridan Afg‘onistonda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar miqdori kamaytirildi

Afg‘oniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar 6 500 afg‘oni miqdorida (taxminan 99 AQSh dollari) kamaytirildi.

Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekat yonida aqlli svetofor o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты