Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Shuningdek, xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxsga xorijiy davlat sudining unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburiy choralarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarori bo‘lsa, majburiy davolashni O‘zbekistonda amalga oshirish uchun qabul qilish mumkinligi belgilanmoqda.
Tojikiston yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi, noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 59%, qolgan qismi: Turkmaniston – 19%, Qirg‘iziston – 12% va Tojikiston – 10% to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-iyul kuni o‘zining 67 yoshini nishonlamoqda. Davlat rahbari 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. U siyosiy faoliyatini 1990-yilda boshlagan, 2016-yilga kelib mamlakat prezidentiga aylangan. Davlat rahbari matbuot kotibining ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.
"Prezidentlik faoliyatingiz bilan yurtdoshlaringiz o‘rtasida katta hurmat va yuksak xalqaro obro‘-eʼtiborga sazovor bo‘ldingiz. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishdi, jahon maydonida o‘z mavqeini mustahkamladi", - deyiladi tabrikda.
Iyun oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini sezilarli darajada oshirdi.
Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilishi odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa bu uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilashi nazarda tutilmoqda.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Sud qarori bilan yigitga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Uning o‘g‘li va kelini ayolni kaltaklaganlikda gumon qilinmoqda. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi tergov yakuniga qadar o‘z vazifasidan chetlashtirilgani maʼlum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Samarqand davlat universiteti O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib QS Stars reytingida 5 yulduzli maqomga ega bo‘ldi. 8 faoliyat yo‘nalishi va 50 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha maʼlumotlar chuqur tahlil qilingan. Natijada universitet maksimal 1000 balldan 780 ball to‘plagan. 5 yulduzli universitet bo‘lish uchun minimal ko‘rsatkich 700 ball.
Shuningdek, 13 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi hamda 3 ta holatda tegishli hujjatlar sud va prokuratura organlariga o‘tkazildi.
Yarim yil davomida mamlakatda sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,8 foizga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 3,8 foizga, qurilish ishlari hajmi 10,1 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish surʼati 6,4 foiz bo‘ldi.
Bo‘rining salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi va “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты