Huawei 1
9-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Energetika vazirligi quyosh panellari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan telefon raqamlari sonini oshirdi

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 7-oktabr kunning ikkinchi qismidan boshlab, 8-oktyabr soat 20:30 ga qadar vazirlik qabulxonasiga jami 1232 ta qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

O'zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro reyting tashkiloti Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Bir oyda 66 ta eksportchi kompaniya IT Park rezidenti bo‘ldi

Ularning biznes-rejalariga ko‘ra, dastlabki yilida mahalliy mutaxassislar uchun 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Marburg virusini oldini olish maqsadida O‘zbekiston davlat chegarasida sanitariya nazorat punktlari xushyorligi oshirildi

Marburg virusi isitmasining oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Sanitariya nazorat punktlarining xushyorligi oshirilgan.

Andijonda Onix avtomobili anhorga tushib ketdi

Ushbu hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan, transport vositasi maxsus texnikalar yordamida anhordan chiqarilgan.

Oʻzbekiston Eronga qarshi oq libosda oʻynaydi

Vakillarimiz mazkur bahsda toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma’lum boʻldi.

Kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlash imkoni joriy qilindi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Qayd qilinishicha, bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.

Toshkent shahrida poyezd bosib ketishi oqibatida 36 yoshli fuqaro vafot etdi

Aniqlanishicha, marhum temiryo‘lda konduktor lavozimida ishlab kelgan.

9 oyda soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi tahlil qilindi

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ni tashkil etdi.

Odam savdosi jinoyatini majburlash orqali sodir etganlik uchun jazo chorasi kuchaytiriladi

Odam savdosi jinoyati o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etilganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilmoqda.

O'zbekistonning qaysi hududida masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq ekanligi ma'lum bo'ldi

Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, respublikada 2024-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 300 816 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

8 oyda O'zbekistonga qariyb 13 mingta elektromobil import qilindi

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilgan.

Davlat OTMga o‘z bo‘sh yer uchastkalarida bog‘chalar tashkil etishga ruxsat berildi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

Qo‘lda terilgan paxta narxi 2500 so‘m etib belgilandi

Maʼlum qilinishicha, bu narx aholi daromadlarini oshishiga xizmat qiladi.

OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $15 mln ajratdi

Tojikistondagi “So‘g‘d” podstansiyasi bilan O‘zbekistondagi “Sirdaryo” nimstansiyasi o‘rtasida 22 kilometrlik 500 kilovoltlik yangi elektr uzatish liniyasi quriladi.

Jahon banki Toshkent shahridagi havo sifatini yaxshilash uchun tafsiyalar berdi

Toshkent shahrining havo sifatini baholash bo‘yicha hisobot taqdim etildi. Hisobotda havo ifloslanishining salbiy oqibatlari, aholi salomatligiga zarar yetkazuvchi asosiy omillar va havoni tozalash bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar keltirilgan.

Toshkent viloyatida ayol tanasiga dori yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100921 | Инструменты