Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida transport vositalari texnik shikastlangan.
"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.
Ish haqi 1000 dollardan boshlanadi.
29-31-mart kunlari Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Jahonning 91 mamlakatidan 661 nafar atlet ishtirok etishi kutilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkibda qatnashadi.
Respublikada qazib olinayotgan oltinni atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo‘g‘i 78 million dollarlik eksport bo‘layotgani qayd etildi.
Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini ta’minlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya joriy qilinmoqda.
Unga ko'ra, direksiyaga master-reja ishlab chiqish va yo‘l bo‘yidagi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi. Shuningdek, Germaniyalik hamkorlar bilan Shahrisabz tajribasi asosida bu tumanlarda tog‘ turizmini rivojlantirish master-rejasini ishlab chiqish va yil yakunigacha loyihalarni boshlash muhimligi taʼkidlandi.
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan bog‘lovchi temir yo‘l reyslari, “Namangan-Pop-Chodak” yo‘nalishida har kuni ekspress yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Qirg‘iz tomoni bilan kelishilgan holda “Uchqo‘rg‘on” bojxona postini ishga tushirishni jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Chegara posti yaqinida Xitoylik hamkorlar bilan “Uchqo‘rg‘on-Kensay” logistika markazini barpo etish rejalashtirilgan.
Chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yo‘llarni qurish, taʼmirlash va saqlashga xususiy sektorni yana-da keng jalb qilish, bu borada aniq loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.
Qonun loyihasining qabul qilinishi shaharsozlik faoliyati sohasida ko‘payib borayotgan noqonuniy qurilishlarning oldini olishga, tasdiqlangan bosh rejalarga rioya etilishini taʼminlashga, aholining sog‘ligi, hayoti va xavfsizligini taʼminlashga, qurilish sifatini oshirish, sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirib, jazoning taʼsirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты